“KAFOLAT SUG‘URTA KOMPANIYaSI” AJ da sayyor dars
2019-2020 o‘quv yilining o‘quv rejasiga asosan “Hayot sug‘urtasi” fani doirasida “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi o‘qituvchilari U.Maksudova va F.Hamrayevalar “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJda “Soliqlar va sug‘urta” fakultetining uchinchi bosqich SS-70 guruhi talabalari bilan birgalikda sayyor dars tashkil etdilar.
Tashrif davomida talabalar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 2 avgustda qabul qilingan PQ-4412-sonli “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-5780-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumaniga guvoh bo‘ldilar.
Kafolat sug‘urta kompaniyasi faoliyati va sug‘urta bozorining bugungi holati hamda kompaniyaning sug‘urta bozoridagi o‘rni va mavqei haqida kompaniyaning boshqaruv raisi Saidolim Nasretdinov anjuman qatnashchilariga tushuntirish berdi.