Raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalar

Raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalar

 29-oktyabr kuni Respublika Oliy biznes va menejment maktabida "Raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalar" mavzusida konferensiya bo'lib o'tdi.

 

 Mazkur konferensiyada Respublika oliy biznes va menejment maktabining kafedra mudiri D.Rasulova taklifiga ko’ra “Iqtisodiyot” fakultetining IM-10 guruh talabalari murabbiy U.Zaynutdinova bilan birgalikda ishtirok etdilar.

 

 Konferensiyada ma'ruzalar ikki yo'nalishda olib borildi:

- hokimiyatning raqamli o'zgarishi: Buyuk Britaniya tajribasidan olingan saboqlar;

- O'zbekistonda elektron hukumatdan raqamli iqtisodiyotgacha: muammolar va imkoniyatlar.

 

 Konferentsiyada Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o'rinbosari V.Pak, Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchisi Timoti Torlot va O'zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining samarali boshqaruv, siyosat va kommunikatsiyalarga ko'maklashish klasteri rahbari K.Muhamedxonovalar O'zbekistonda hukumatning raqamli transformatsiyasi mavzusida chiqish qildilar.

 

 Talabalarning fikrlariga ko’ra konferensiyadagi ma'ruzalar va treninglar mazmunli va foydali bo'ldi.

 

 

18:00 / 2019-10-29
Success helper
Success warning