Talabalik muborak oqila qizlar!
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida xotin-qizlar uchun ajratilgan alohida 4 foizli qo’shimcha qabul ko’rsatkichlari doirasida Toshkent moliya institutining “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo’nalishiga davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan Axmedova Shoxistaxon Asliddin qiziga Toshkent moliya instituti rektori v.v.b. Mehmonov Sultonali Umaralievichning tabriknomasi va esdalik sovg’alari taqdim etildi.
Shu kabi imtiyoz asosida talaba bo‘lgan qizlar:
Buxoro viloyatidan Abduhalimova Zebiniso Shukrullo qizi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Baxieva Aysuluv Dauletyarovna hamda Aliyeva Perizat Tazabay qizi;
Xorazm viloyatidan Raximboyeva Sug‘diyona Raximboyevnani
Toshkent moliya instituti jamoasi nomidan qizlarni talabalik baxtiga erishganliklari bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ishlariga ulkan muvaffaqqiyatlar tilaymiz!