8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbir tashkil etildi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 5-mart kuni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent moliya institutida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda institut rahbariyati, ayol professor-o‘qituvchilar hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirning ochilish qismida institut rektori T.Teshabayev institutda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi.





Taʼkidlanganidek, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Tadbirda mamlakatimizda ham ayollarning jamiyatimizdagi o‘rni, mavqei oshib borayotganligiga alohida urg‘u berildi.

Shundan so‘ng institutda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritayotgan bir guruh professor-o‘qituvchi va xodima ayollar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.








O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, institut Ilmiy-adabiy maslahatchisi, shoir Bobur Bobomurod tabrigi, “Moliyachi gulshani” ashulla va raqs ansambli tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar bayram kayfiyatiga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Shuningdek, estradamiz vakillari Sherbek va Kumush tomonidan kuylangan qo‘shiqlar barchani ko‘nglidan chuqur joy oldi.





18:43 / 2022-03-05
Success helper
Success warning