9-may–“Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri
Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – “Xotira va qadrlash kuni” ni, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida xalok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida, Toshkent moliya institutida bayram tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda institut rektori Azizov Ulug‘bek O‘ktamovich barcha yeg‘ilganlarni kelayotgan ayyom bilan qutlab ularga estalik sovg‘alarini in’om etdilar. Tadbir dasturxoniga mazali taom-osh tortiq etildi.