Abdulla Qahhor -yetuk so‘z san’atkori

Abdulla Qahhor -yetuk so‘z san’atkori

2020-yil 17-sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududidagi Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, betakror so‘z ustasi, mutafakkir, buyuk shaxs va mashhur adib Abdulla Qahhor tavalludining 113 yilligi munosabati bilan “Yetuk so‘z san’atkori” mavzusidagi xotira tadbiri o‘tkazildi.

 

Xotira tadbirida Toshkent moliya instituti rektori v.v.b. Sultonali Mehmonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari Muhammadjon Quronov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot targ‘iboti va tadbirlarini uyushtirish bo‘limi” boshlig‘i, shoira Farog‘at Xudoyqulova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Hulkar Hamroeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyori Mehmonali Salimov hamda instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

 

Tashrif buyurgan mehmonlar Abdulla Qahhorni o‘zbek adabiyotining jonkuyari, yosh qalamkashlarning qattiqqo‘l, talabchan va g‘amxo‘r murabbiyi, dono maslahatgo‘yi, hamisha xalq bilan hamnafas bo‘lgan adib sifatida yod etib, asarlari borasida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

 

 

 

 

 

 

 

11:29 / 2020-09-24
Success helper
Success warning