Adiblar xiyobonida “Abdulla Qahhor yod etib” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir tashkil etildi

Adiblar xiyobonida “Abdulla Qahhor yod etib” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir tashkil etildi


Joriy yilning 24-may kuni Toshkent moliya instituti “Iqtisodiyot” fakulteti bilan Adiblar xiyobonida “Abdulla Qahhor yod etib” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
 
Tadbirda Yozuvchilar yushmasi a’zosi, shoir Muhammad Siddiq hamda “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, shoir Nurillo Chorilar mehmon sifatida ishtirok etdilar. Shoir Muhammad Siddiq adib haqida qiziqarli ma’lumotlarni so‘zlash bilan bir qatorda o‘z she’riy ijod namunalaridan o‘qib berdi.





“Yoshlik” jurnali bosh muharriri, shoir Nurillo Chori esa adibning ijod yo‘li haqida so‘zlab berdilar. Ushbu ma’lumotlar talabalarimiz uchun yana bir yangilik bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Fakultetning 1-kurs iqtidorli talabasi Jabborova Sevinch ham adibning hayoti va ijodiga to‘xtalib, “Bemor” hikoyasi haqida atroflicha ma’lumotlar berdi.

 

16:12 / 2023-05-25
Success helper
Success warning