“Eng yaxshi kitobxon talaba – 2019”

“Eng yaxshi kitobxon talaba – 2019”

   2019-yil 29-may kuni Toshkent moliya instituti Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda O‘zbek va rus tillari kafedrasi tomonidan “Eng yaxshi kitobxon talaba – 2019” ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda xay’at a’zosi sifatida Yunusobod tumani ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari Alisher Mahkamov, Abror Hidoyatov nomli drama teatri aktyorlari Po‘lat Nurmatov va Shaxlo Hojiyeva, murabbiylar kengashi raisi Umrzoq Rajabov, Axborot resurs kompleksi raxbari Alisher Vasiyev va Nigora Hojiahmedovalar ishtirok etdilar.

Tadbirni Toshkent moliya institutining Yoshlar bilan ishlar bo‘yicha prorektori Farhod Muhamedov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tanlovda talabalar Eng faol badiiy asar taqdimoti, “Asarlardan yaralgan sahna asari”, “Badiiy ijodyo‘nalishlarda bellashdilar.

Qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tgan Eng yaxshi kitobxon talaba – 2019” ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichida g‘oliblar quyidagicha nominatsiyalarda aniqlandi:

 

  1. Eng faol badiiy asar taqdimotitanlovi

1-o‘rin Moliya fakultetining MM-11 guruh talabalari Tursunova Aziza, Sodiqova Dildora - Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” asari

2 -o‘rinMoliyaviy menejment fakultetining M-70 guruh talabasi Butayev Doston - Paulo KoeloningAlkimyogarasari

3-o‘rinSoliq va sug‘urta fakultetining ST-90 talabasi Butaboyev Javlonbek- Paulo KoeloningAlkimyogarasari

II.“Asarlardan yaralgan sahna asari tanlovi

 

1-o‘rinSoliqlar va sug‘urta fakulteti jamoasi - Nurullo Abbosxonning «Jaydari kelin» asari;

2-o‘rin - Menejment fakulteti jamoasi - Cho‘lponningKecha va kunduzasari;

2-o‘rin - Moliya fakulteti jamoasi - Gogolning “Revizor” asari

3-o‘rinG‘aznachilik va davlat jamg‘armalari fakulteti jamoasi -Tog‘ay MurodningOtamdan qolgan dalalarasari

III.“Badiiy ijodtanlovi

 

1-o‘rin – Menejment fakulteti talabasi M-70 G‘ulomov Javohir o‘z ijodidan “Ona” she’ri

1-o‘rin – Moliya fakultetining MM-11 guruh talabalari Yerniyazova Shaxnoza, Bekimbetov Ulug‘bek -Mixail Bulgakovning “Usta i Margarita” romanidan monologni ifodali o‘qish

1-o‘rin – Soliqlar va sug‘urta fakultetining ST-61 talabasi Salomov Abduvosit - O‘ktam shoirning “Ona” monologini ifodali o‘qish

2-o‘rin – Xisob fakultetining XBA-60 guruh talabalari Saidov Nodirjon, Ikromov Muhammadqodir - ifodali she’r o‘qish

3-o‘rin – G‘aznachilik va davlat jamg‘armalari fakultetining DBG‘I-60 guruh talabasi Inoyatov Mardonbek - ifodali she’r o‘qish

G‘olib talabalar institut tomonidan sovg‘alar hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

 

16:41 / 2019-06-01
Success helper
Success warning