Sobiq Markaziy banki raisidan master-klass

Sobiq Markaziy banki raisidan master-klass

   2021-yil 18-mart kuni qator yillar Qozog’iston Respublikasi davlat boshqaruvi tizimida, xususan, 1999-2004, 2009-2013-yillarda Qozog‘iston milliy (Markaziy) banki raisi bo‘lib ishlagan, ayni vaqtda Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruv raisi maslaxatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Marchenko Grigoriy Aleksandrovich ishtirokida “Iqtisodiyot o‘sishini rag‘batlantirishda moliya bozorining roli” mavzusida master-klass o‘tkazildi.

 

   G.A.Marchenko 40 minutlik ma’ruzasi davomida quyidagilarga alohida to‘xtalib o‘tdi:

- moliya tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;

- bank-moliya tizimiga aholining ishonchini oshirish va shu orqali jamg‘armalarni iqtisodiyotga yo‘naltirish;

- davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va loyihaviy obligatsiyalar muomalasini tashkil etish orqali davlat byudjetiga bosimni kamaytirish;

- sug‘urta, lizing, fond bozori investitsiya va pay fondlarini rivojlantirish orqali milliy investorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda xorijiy investorlar uchun jozibadorlikni oshirish va boshqalar.

 

   Ma’ruza davomida xalqaro tajribalar va ularning Qozog’istonda qo‘llanish xususiyatlari hamda erishilgan natijalar ham bayon qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda moliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga e’tibor qaratildi.

 

  Tadbirning ikkinchi qismi savol-javob tarzida tashkil etildi va Grigoriy Marchenko ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob qaytardi.

 

16:37 / 2021-03-18
Success helper
Success warning