Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi talabalarimiz uchun ochiq ma’ruza o‘tkazdi
2023-yil 6-dekabr kuni Toshkent moliya institutida "Mehmon ma’ruzachi – Guest Lecturer" dasturi asosida Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Kim Hee-sangning ochiq ma’ruza darsi tashkil etildi.
Mazkur ma’ruza darsida institut rektori T.Teshabayev, janob Kim Hee-sang, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Elchi janoblari talabalarimizga "Economic-financial aspects of korean-uzbek relations" mavzusida ma’ruza qildi. Dars jarayoni amaliy misollar orqali qiziq va savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Xususan, elchi janoblari O‘zbekiston-Janubiy Koreya o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachi tomonidan to‘liq javob oldi. Shu o‘rinda tadbir ishtirokchilari mazkur ochiq dars juda qiziq bo‘lganligini alohida ta’kidlab o‘tishdi hamda o‘z vaqtini ayamasdan tashrif buyurgan elchi janoblariga o‘zlarining samimiy minnatdorchiligini bildirishdi.
Ma’ruza so‘ngida janob Kim Hee-sangga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.