“Xalqaro moliya va uning dolzarb masalalari” mavzusida ochiq dars

“Xalqaro moliya va uning dolzarb masalalari” mavzusida ochiq dars

  2019-yil 7-may kuni “Moliya” kafedrasi prof., i.f.d. Ataniyazov Jasurbek Xamidovich tomonidan “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetining XBA-72,73i guruhida (308-o‘quv auditoriyasida) “Xalqaro moliya va uning dolzarb masalalari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

   Ochiq dars davomida xalqaro moliyaning mohiyati va rivojlanish omillari, jahon valyuta tizimi va valyuta bozori, to‘lov balansi va uni tartibga solishning asosiy usullari haqidagi ma’lumotlar talabalar e’tiboriga havola etildi. Shuningdek, jahonda investitsiyalar harakati, jahon valyuta bozori va undagi operatsiyalar rivojlanishiga oid statistik ko‘rsatkichlar keltirib o‘tildi. Ochiq dars davomida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llanildi. Dars yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga to‘liq javob berildi va barcha talabalarga J.Ataniyazov o‘z muallifligida chop etilgan kitoblardan sovg‘a qildi.

 

 

16:22 / 2019-05-10
Success helper
Success warning