KAFEDRALARARO ILMIY SEMINAR

KAFEDRALARARO ILMIY SEMINAR

 2019-yil 24-dekabr kuni Toshkent moliya institutining «Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot» kafedrasida kafedralararo ilmiy seminar bo’lib o’tdi. Seminar 08.00.14 «Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari» ixtisosligi bo’yicha iqtisodiyot bo’yicha falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasini olish uchun uchta nomzodlar: Sultanov Akmal Obidovich, Mannopova Elzara Toraxanovna va Shermuhamedov Bobur Abbosovichlarning dissertasiya ishi muhokamalari bo’lib o’tdi. Seminarda «Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot», «Oliy matematika, statistika va ekonometrika», «Menejment» va «Iqtisodiyot» kafedralari professor-o’qituvchilari ishtirok etdi. Seminarda quyidagi tadqiqotchilar ma’ruzalar bilan chiqishdi.

 

 Sultanov Akmal Obidovich «Suvdan foydalanishda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini qo’llash samaradorligini oshirish» mavzusida ma’ruza qildi.

 

 Mannopova Elzara Toraxanovna «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini boshqarish samaradorligini oshirishda intellektual tizimlar (Toshkent davlat yuridik universiteti misolida)» mavzusida ma’ruza qildi.

 

 Shermuhamedov Bobur Abbosovich «Masofaviy bank xizmatlari va banklararo axborotlarni himoya qilish» mavzusida ma’ruza qildilar.

 

 

15:18 / 2019-12-27
Success helper
Success warning