“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

  Mamlakatimizda yoshlar muammolariga, xususan, ularning ish bilan bandligiga katta e’tibor berilmoqda. Bu vazifani bajarishda barcha oliy ta’lim muassasalari mehnat bozoriga birinchi marta kirib borayotgan yoshlarni ishga joylashtirish masalasini ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etganlar.

 

  Bugungi kunda nafaqat O‘zbekistonda balki Markaziy Osiyoda iqtisodiyot tarmoqlariga kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Toshkent moliya institutida 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va asosiy ish beruvchilar hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda hamda 100 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar (tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari, uyushmalar) ishtirokida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tadbirini o‘tkazdilar.

 

  Tadbirning ochilish ma’rosimida ishtirok etgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kadrlar bilan ishlash departamenti bo‘lim boshlig‘i Irisov Bobur Baxodirovich, ATB Ipotekabank Xodimlarni boshqarish departamenti bo‘lim boshlig‘i Mo‘minova Naima Tolibjonovna, Davlat soliq qo‘mitasining xodimlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Fazliddin Saydaliev, “Artel Group” kompaniyasining xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha menejeri Lyax Olesyalar bitiruvchi kurs talabalariga kadrlar masalasida bugungi kunning talabi va ishga joylashishdagi asosiy talablar haqida ma’lumot yetkazdilar.

 

  Institutda faoliyat yuritayotgan 6 ta fakultet tasarrufida joriy yilda 1000 dan ortiq talabalar o‘qishni tamomlab turli iqtisodiyot tarmoqlarida o‘z mehnat faoliyatlarini olib borishga tayyorlar.

 

  O‘z oldiga kelgusi 5-10 yil davr mobaynida mavjud mehnat bozoridagi talabdan kelib chiqib kadrlarni tayyorlashni asosiy vazifalaridan biri deb hisoblagan institut rahbar xodimlari bu kabi “Karera kunlari” bitiruvchi talabalarning kelajakdagi kasbiy o‘sishlarida navbatdagi omadli qadam bo‘lishini tilab qoladilar.

 

 

15:38 / 2021-02-18
Success helper
Success warning