“Menejment va marketing” kafedrasida xalqaro konferensiya
2021-yil 15-aprel kuni ZOOM platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademiklari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, PGU (Belorusiya) professorlari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Boshqarma boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Boshqaruvi Akademiyasi professorlari hamda Toshkent moliya institutining professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va talaba yoshlari bilan birgalikda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish: nazariya va amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkillashtirildi.
Konferentsiya davomida ma’ruzachilar quyidagi yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdilar:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, i.f.d., professor Gulomov Saidaxror Saidaxmedovich - bugungi jadal rivojlanish davrida raqamli texnologiyalarning iqtisodiy boshqaruvdagi ahamiyati;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, i.f.d., professor Nodir Jumayev - raqamli iqtisodiyot, moliyaviy texnologiyalarni rivojlanishi - mamalakat iqtisodiyotini taraqqiy etishidagi asosiy omillar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Boshqaruvi Akademiyasi “Menejment nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri i.f.d., professor Dilfuza Raximova - raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini qo‘llashning dolzarbligi;
Toshkent moliya instituti dotsenti “Menejment va marketing” kafedrasi mudiri Shamsiddin Allayarov - zamonaviy milliy menejmentni rivojlantirishning dolzarbligi.