Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi

   Xalqimizning ongi va tafakkuri, adabiyoti tarixida alohida o‘rin tutgan, buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimiz faxri hazrat Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi fevral oyida yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayapti.

 

Xususan, Toshkent moliya institutida ham turkum tadbirlar bo’lib o’tdi. Jumladan:

 

* 2021-yil 5-fevral kuni institutida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida mumtoz she’riyatning ikki darg‘asi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi va Zaxiriddin Muxammad Boburning 538 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va shoir Xabib Abdunazar hamda “O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professori Nishonboy Husanovlar o‘zbek adabiy tilining asoschisi, ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy va o‘z she’rlarida betakror jozibani kuylagan shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy-ilmiy merosi haqida ma’ruza qilgan bo’lsalar, O’zbekiston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev va O’zbekiston xalq hofizi Orolmirza Safarovlar “Sayqal” ashula va raqs ansambli sozandalari ishtirokida mumtoz qo‘shiqlardan iborat konsert dasturini namoyish etdilar.

 

* Qutlug’ sana munosabati bilan magistratura va bank ishi fakulteti xotin-qizlar qo’mitasi tashabbusi ostida 2021-yil 8-fevral kuni insitutida “Navoiy ziyosi” deb nomlangan she'riyat kechasi bo’lib o’tdi. Tadbirda Oliy Majlis deputati, “Doʼstlik” ordeni sohibasi, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Farida Afruz, uyushmaning yana bir a’zosi Zilola Xujaniyozova, Oliy majlis deputati Navruz Rizayev, institut pedagoglari va talabalari ishtirok etishdi. Kechada Alisher Navoiy xayoti va ijodi to’g’risida so’z yuritildi, g’azal va ruboiylari tinglandi.

 

 

* 9-fevral sanasida Adiblar xiyoboni maskanida “Navoiy va uning izdoshlari” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida Alisher Navoiy va uning izdoshi bo’lgan o‘zbek adabiyotining jonkuyari, yosh qalamkashlarning qattiqqo‘l, talabchan va g‘amxo‘r murabbiyi, dono maslahatgo‘yi, hamisha xalq bilan hamnafas bo‘lgan adib sifatida Abdulla Qahhor yod etildi.

 

14:15 / 2021-02-10
Success helper
Success warning