Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim!
2020-yil 23-sentyabr kuni Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar va Yunusobod tumani hokimiyati vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, O‘zbekiston drama teatri aktyorlari hamda Toshkent moliya instituti pedagog-xodimlari ishtirok etdilar.