“Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tomonidan “Osborn Textile” xorijiy korxonasida olib borilgan sayyor dars

“Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tomonidan “Osborn Textile” xorijiy korxonasida olib borilgan sayyor dars

   2019-yilning 16-may sanasida Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tomonidan “Osborn Textile” xorijiy korxonasida sayyor dars tashkil etildi. “Osborn Textile” xorijiy korxonasiga “G‘aznachilik va davlat jamg‘armalari” fakulteti dekani U.D.Ortiqov, kafedra professor-o‘qituvchilari va BILM-60 guruh talabalari tashrif buyurdilar.

Sayyor dars mobaynida «Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi mudiri E.I.Nosirov darsni tashkil etishdan asosiy maqsad-fan bilan ishlab chiqarishni integratsiyasini ta’minlash, ya’ni mazkur xorijiy korxonada “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasining filialini tashkil etish, shuningdek, 1-kurs “BILM-60” guruh talabalarini aynan mazkur korxonada ishlab chiqarish jarayoni qanday tashkil etilishi, korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va real ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirish ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

“Osborn Textile” xorijiy korxonasi rahbari R.Normatov sayyor dars ishtirokchilariga korxona faoliyatining tashkil etilish tarixi va bugungi kundagi rivojlanish strategiyasi, korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holati, tovarlarni eksport qilish bozorlari haqida yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumotlar berib, hozirda “Osborn Textile” xorijiy korxonasi tomonidan yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan investitsion loyihalar amalga oshirilyotgani, hamda eksport xajmi bo‘yicha respublikada yetakchi xorijiy korxonalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Jumladan, “Osborn Textile” xorijiy korxonasi 100% xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona bo‘lib, 2007-yilda tashkil topgani va ushbu korxonani Angliya va Turkiya investorlari birgalikda bu fabrikani qurganligi, hozirgi kunga kelib bu fabrika 100% Turkiya investorlariga tegishli ekanligini qayd etdi.

Ishlab chiqargan mahsulotlari asosan eksportga mo‘ljallanganligini, mahsulotning 70 % dan 95 % gacha eksport qilayotganligini, xususan o‘tgan 2018-yilning o‘zida 26 ta chet el davlatlariga mahsulotlar eksport qilinganli, korxonada xozirgi kunda 1000ga yaqin hodimlarni ish bilan ta’minlayotganligi va shu bilan birgalikda xozirgi vaqtda malakali kadrlarga, ya’ni moliyachilar, iqtisodchilar, buxgalterlar, eksport va import bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarga katta extiyoji borligini va bu hamkorlik kelgusida ikkala tomonga ham foydali bo‘lishini ta’kidlab o‘tdilar.

“G‘aznachilik va davlat jamg‘armalari” fakulteti dekani U.D.Ortiqov korxonaga tashrif talabalar uchun ham tajriba darsi, ham ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lishi, shuningdek talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha amaliy bilimlarni egallashlarini ta’kidlab o‘tdi.

Korxona rahbari R.Normatov talabalarning xorijiy korxona faoliyatiga doir ko‘plab savollariga javob bergach “Osborn Textile” korxonasida “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasining filialini tashkil etish fikriga rozilik berib, ushbu rozilikni shartnomalar imzolash orqali tasdiqladi va ishtirokchilarni korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishishga taklif qildi.

Tashkil etilgan bu kabi sayyor darslar talabalarning nazariy olgan bilimlari yanada mustahkamlashda, nazariya bilan amaliyotning uzviy bog‘liqligini ta’minlashda, amaliyotdagi muammolarning yechimini izlashda va ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etib, fanlarni qiziqarli va jonli o‘tishiga va u orqali talabalarimiz kelajakda sohada yetuk kadrlar bo‘lib yetishishiga yordam beradi.

 

пусто

18:17 / 2019-05-18
Success helper
Success warning