"Pazanda qizlar - orasta qizlar" bellashuvi
Institut Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan joriy yil 26-fevral kuni 3-sonli Talabalar turar joyida "Pazanda qizlar - orasta qizlar" bellashuvi tashkil qilindi.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad - talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularda zarur hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish, katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan ustozlar bilan talabalar o'rtasida erkin muloqot qilish uchun yoqimli va foydali muhit yaratish.
Bellashuv jarayonida TTJda istiqomat qiluvchi 20 dan ortiq qizlar 4 ta jamoaga birlashib, xamir yoyib, chuchvara tugish hamda turli shirinliklar pishirish bo'yicha o'z mahoratlarini namoyish qildilar.
Tadbirga tashrif buyurgan ayol professor-o'qituvchilar, tyutorlar, tarbiyachi-pedagoglar ham talaba-qizlar bilan birgalikda chuchvara tugish barobarida, qizlarga tansiq taomlar tayyorlash, dasturxon bezatish, taomni mehmonlarga tortiq qilish borasida o'ziga xos mahorat darsini namoyish qildilar.
Institutning "Moliyachi gulshani" ashula va raqs ansamli san'atkorlari esa sho'x kuy-qo'shiqlari bilan ishtirokchilarga yaxshi kayfiyat ulashdilar.
Tadbirda ishtirok etgan talaba-qizlarga institut rahbariyati, Kasaba uyushmasi va Xotin-qizlar kengashi tomonidan tayyorlangan esalik sovg'alari taqdim etildi.