Polkovnik bilan uchrashuv

Polkovnik bilan uchrashuv

   2021-yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i polkovnik Aziz Toshpo‘latov Toshkent moliya institut talabalari va tuman yoshlari bilan uchrashdi.

 Muloqot davomida IIBB boshqarmasi tomonidan poytaxtimizda yoshlar uchun amalga oshirilib kelinayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, tumandagi 2 nafar 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga zamonaviy ID fuqarolik pasporti topshirildi. 

  Tadbir davomida IIB sohasiga qiziquvchi 1 nafar volontyorni sohada profilaktika inspektori yordamchisi lavozimiga ishga qabul qilinishi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma berildi, tadbirda faol ishtirok etganlar talabalar polkovnik Aziz Toshpo‘latov tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

11:09 / 2021-01-13
Success helper
Success warning