Ruminiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan Ruminiya OTMlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhokama etildi

Ruminiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan Ruminiya OTMlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhokama etildi

Joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent moliya institutida Ruminiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, janob Daniel Kristian Chobanu hamda diplomatik maslahatchi Luminita Chobanu bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo’yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Xorijiy diplomatik korpus vakillarini  institut rektori prof. T.Teshabayev qabul qildilar. Uchrashuvda institut prorektorlari prof. S.Mexmonov, dotsent A.Islamkulov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i S.Avazxodjayevlar ishtirok etishdi.





Uchrashuv davomida so‘ngi 3 yilda institutning 10 ga yaqin iqtidorli talabalari Ruminiyaning Buxarest iqtisodiy fanlar universitetida almashinuv dasturiga asosan yuborilganligi hamda hamkor universitetning 1 nafar magistranti Toshkent moliya institutida bir semestr tahsil  olganligi, 2021/2022  o‘quv yili 2-semestrida 4 nafar talaba hamkor universitetga o‘qishga yuborilishi ta’kidlandi. 





Uchrashuv yakunida diplomatik korpus vakillari tomonidan Toshkent moliya instituti va  Ruminiyaning yetakchi OTMlari, shu jumladan, Buxarest iqtisodiy fanlar universiteti bilan aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, qo‘shma diplom dasturini amalga oshirish bo‘yicha barcha xarakatlar ijobiy qo‘llab quvvatlanishi ta’kidlandi. O‘quv yili yakuniga qadar  institut delegatsiyasining Ruminiyaga tashrifini uyushtirish belgilab olindi.


18:27 / 2022-02-15
Success helper
Success warning