SAM ANTEP GILAM QK MCHJ (SAG) kompaniyasi va Toshkent moliya instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi
Joriy yilning 3-avgust kuni Yurtimizdagi yetakchi kompaniyalardan biri SAM ANTEP GILAM QK MCHJ (SAG) kompaniyasi va Toshkent moliya instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mazkur tadbirda institut Rektori T.Teshabayev , O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Mehmonov, SAG kompaniyasi HR departamenti boshlig‘i Sh.Asrorova, kompaniya yuristi Sh.Maxamatkulovlar ishtirok etdilar.
Mazkur memorandum asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik ishlarini amalga oshirishga kelishib olindi.
• TMI talabalari uchun SAG kompaniyasining stipendiyasini joriy etish;
• TMI bitiruvchilarini SAG kompaniyasiga ishga joylashtirish;
• TMI talabalarining kompaniyada stajirovka o‘tash dasturlarini yaratish;
• O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish;
• SAG kompaniyasi zavodlariga talabalar ekskursiyasini uyushtirish;
• SAG kompaniyasi tomonidan institut talabalari o‘rtasida turli tanlovlar, grantlarni joriy etish;
• har ikki tomon uchun ham dolzarb bo‘lgan yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularda ishtirok etish uchun institutning yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan yetakchi xodimlarini, institut iqtidorli talabalari va tadqiqotchilarini jalb qilish;