Taraqqiyot strategiyasi sari yana bir yangi qadam
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda Turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha tub burilishlar qilindi va bu borada koʻplab islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yangi Oʻzbekiston “Taraqqiyot Strategiyasi”ning aynan 35 maqsadi Turizm sohasini rivojlantirish masalalarini qamrab olgan boʻlib unda bir qator vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqib Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing”, “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” hamda “Statistika va ekonometrika” kafedralari tomonidan 25-mart kuni “Turizm sohasiga sayyohlarni jalb qilishda milliy hunarmandchilik mahsulotlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzuda xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Ushbu Konferensiyaga nufuzli xorijiy Oliy Taʼlim Muassasalari Avstraliyaning Kertin universiteti, Menejmentni rivojlantirish Hindiston Markazi, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti hamda Yevropa amaliy ilm va menejment institutlariga shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Oʻzbekiston Hunarmandlar uyushmasi hamkorlik qildi.
Guvohi boʻlib turganingizdek, soʻnggi yillarda Yangi Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish, bu borada ilm-fan va ilmiy faoliyatni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va natijadorligini oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida turizm sohasini isloh etishda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar ilm-fan va innovatsiya sohasida hunarmandchilik sohasini rivojlantirish va milliy hunarmandchilik mahsulotlari orqali turizm jozibadorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Turizm sohasiga sayyoxlarni jalb qilishda milliy xunarmandchilik mahsulotlarini rivojlantirish ilmiy faoliyatiga oid davlat dasturlarini shakllantirish hamda mamlakat hududlarda milliy brend mahsulotlarini jahon miqyosiga olib chiqish dolzarb masala hisoblanadi.
Konferensiya davomida loyiha rahbari prof.F.Nazarova rahbarligida yaratilgan “Turizm sohasiga sayyohlarni jalb qilishda milliy hunarmandchilik brend mahsulotlar platformasi” taqdimoti ham boʻlib oʻtdi. “Wild forest” Hunarmandchilik Kompaniyasi rahbari B.Madraimov ushbu platformaga yuqori baho berib, hunarmandlarni jahonga tanilishida muhim hissa qoʻshishida omil boʻlishini mamnuniyat bilan eʼtirof etdi.
Ushbu xalqaro konferensiya doirasida hunarmandlar oʻzlaring milliy brend mahsulotlari koʻrgazmasi bilan ishtirok etishdilar.