“Teaching vocabulary” mavzusida master-klass

“Teaching vocabulary” mavzusida master-klass



Toshkent shahri Yunusobod tumani xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 43 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining ingliz tili fani oʻqituvchilari uchun Toshkent moliya instituti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri F.Saidova hamda katta oʻqituvchisi Sh.Xamrayevalar tomonidan “Teaching vocabulary” mavzusida master-klass oʻtkazildi. 








Tadbir 2022-yil 22-aprel kuni Toshkent moliya instituti A bino 1-maʼruzalar zalida boʻlib oʻtdi. Master-klassda Yunusobod tumanida joylashgan 43 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining barcha ingliz tili fani oʻqituvchilari ishtirok etishdi. 








Tadbirda F.Saidova hamda katta oʻqituvchisi Sh.Xamrayevalar xorijiy til taʼlimida eng dolzarb masalalardan biri boʻlgan lugʻatni oʻqitishning zamonaviy usullarini yoritish uchun axborot texnologiyalaridan foydalangan holda pedagogik metodikalardan unumli foydalanish haqida batafsil maʼlumotlar misollar yordamida tushuntirildi. Master-klassga tashrif buyurgan pedagog-xodimlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga  javob olishdi.

 

20:58 / 2022-04-22
Success helper
Success warning