MCHJ Texnopark vakillari va Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

MCHJ Texnopark vakillari va Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

Barchamizga maʼlumki, 2021-yilning 18-may kuni Toshkent moliya instituti va “Texnopark” MCHJ oʻrtasida taʼlim, fan sohasida hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini rivojlantirish, talabalar amaliyoti va stajirovkalarni tashkil etishga qaratilgan professional taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, korxonada institut talabalarining amaliyot va stajirovkalarini tashkil etish va institut bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Mazkur memorandumda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil 23-noyabr kuni “Texnopark” MCHJ vakillari va Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. 

Mazkur uchrashuvda “Texnopark” MCHJ vakillari talabalarga korxonaning umumiy faoliyati, korxonada ishga joylashish tartiblari, korxonadagi mehnat va maishiy-madaniy shart-sharoitlar, korxonaning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlari, ish haqi miqdorlari hamda korxonada talabalar amaliyotni tashkil etish haqida maʼlumotlar berishdi va talabalarni “Texnopark” MCHJ ga ishga taklif etishdi.

Mazkur tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar javoblar olishdi va “Texnopark” MCHJ vakillari tomonidan ishga joylashish borasida qiziqarli takliflar olishdi.





18:03 / 2021-11-24
Success helper
Success warning