O'zbekiston Respublikasi bank tizimida Islom bank xizmatlaridan foydalanish holati

O'zbekiston Respublikasi bank tizimida Islom bank xizmatlaridan foydalanish holati

21-noyabr kuniTrastbankXABda Toshkent moliya instituti "Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari" talim yonalishi talabalari uchun seminar-trening o'tkazildi. Tadbirda moliyaviy xizmatlar markazi o'rinbosari S. Igamberdiyev ishtirok etdi.



 

Tadbir davomida Islom moliyasining asosiy xususiyatlari, Islom moliyaviy mahsulotlari, jumladan murabaha, musharaka, mudaraba va takafulning mohiyati, jahonda Islom moliyasi rivojlanishining zamonaviy holati hamda O'zbekiston Respublikasi bank tizimida Islom bank xizmatlarini korsatish amaliyoti borasida tushunchalar berildi.
 

Tadbir yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Seminar-trening talabalarning Islom bank ishi sohasidagi bilimlarini oshirish va tijorat banklarida Islom darchalarini tashkil etishning roli haqidagi bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.

10:30 / 2022-11-22
Success helper
Success warning