TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI VA URAL DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETINING TA’LIM SOHASIDAGI SAMARALI HAMKORLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI VA URAL DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETINING TA’LIM SOHASIDAGI SAMARALI HAMKORLIGI

2019-yil 1-may kuni TMI rektori Ulug‘bek Azizov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Islom Ko‘ziyev, kafedra mudirlari Akrom Omonov va Zafar Umarovlarning UrDIU Moliya va huquq instituti direktori Maksim Maramigin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv 2018-yilda TMI va UrDIU o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida o‘tkazildi.

Uchrashuvda TMI va UrDIU ning jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etish, o‘quv qo‘llanma va darsliklarni tayyorlash, shuningdek, ilmiy maqolalar chop etishda hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Maksim Maramigin magistraturaga oid ta’lim dasturlarini tayyorlashda hamkorlik qilishni taklif qildi.

Tomonlar yaqin istiqbolga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini tuzishga kelishdilar.

 

17:39 / 2019-05-04
Success helper
Success warning