Toshkent moliya institutida UNCTADning biznesga ko'maklashish dasturi (EMPRETEC) doirasida hamkorlik yanada rivojlantiriladi

Toshkent moliya institutida UNCTADning biznesga ko'maklashish dasturi (EMPRETEC) doirasida hamkorlik yanada rivojlantiriladi

 

 

O‘zbekiston Respublikasining BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy missiyasi ko‘magida Toshkent moliya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Oblamuradov va kafedra mudiri J.Ataniyazov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD)da bo‘lishdi. 

 

 

 

 

Unda institutimiz vakillari Investitsiyalar va tadbirkorlik bo‘yicha investitsiya siyosatini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i Chantal Dupasquier bilan uchrashishdi. 

 

 

 

 

Uchrashuv jarayonida professor-o‘qituvchilarning investitsion siyosat borasidagi ilmiy-tadqiqotlarini amalga oshirishga ko‘maklashish, ularning malakasini oshirish, World investment report, Investment policy review kabi muhim nashrlarni oliy ta’lim sohasida keng qo‘llash, UNCTADning biznesga ko‘maklashish dasturi (EMPRETEC) doirasida hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy anjuman hamda seminar-treninglar tashkil etish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan maslahat-uchrashuvlarini o‘tkazishga qaratilgan masalalar muhokama etildi.

17:21 / 2023-12-05
Success helper
Success warning