MOLIYAVIY-IQTISODIY INTEGRATSIYA: ASOSIY TAVAKKALCHILIKLAR

MOLIYAVIY-IQTISODIY INTEGRATSIYA: ASOSIY TAVAKKALCHILIKLAR

UrDIUda “Moliyaviy menejment” kafedrasi tomonidan “Moliyaviy-iqtisodiy integratsiya MDH va Yevroittifoq mamlakatlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar investitsion faolligini ta’minlash vositasi sifatida” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatini UrDIU “Moliyaviy menejment” kafedrasi mudiri dotsent Elina Zokirova moderator sifatida olib bordi. Davra suhbati ishtirokchilari sifatida Yevroittifoqda biznes qiymatini baholovchisi va Jilinskiy universiteti professori Yan Podgorskiy (Slovakiya), Toshkent moliya instituti, sirtqi bo‘lim boshlig‘i Olim Astanakulov(O‘zbekiston), HR-bo‘limi boshlig‘i, L.N.Gumilev nomidagi YMU iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi professori Olga Lashkareva(Qozog‘iston), UrDIU uzluksiz ta’lim instituti direktori Yekaterina Yalunina, UrDIU, ommaviy huquq kafedrasi mudiri Denis Goncharov, “Деловая практика” MCHJ direktori muovini Ulyana Permyakova, Sverdlovsk viloyati tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi mikromoliyalashtirish departamenti bosh mutaxassisi Yekaterina Sheina, “Рефтинская” fabrikasi moliyaviy direktori Aleksey Payusov, UrDIU magistranti Polina Veseluxina ishtirok etdilar. Ekspertlar moliyaviy-iqtisodiy integratsiya sohasidagi 2018-yil uchun xalqaro jug‘rofik loyihalar va moliyaviy oqimlar o‘zgarishi, 2018-yil uchun xalqaro moliyaviy institutlar faoliyati taraqqiyoti davrida erishilgan natijalar hamda moliyaviy – iqtisodiy integratsiya sohasidagi asosiy tavakkalchiliklar kabi muammolarni muhokama qildilar. Manba:http://www.usue.ru/novosti/finansovo-ekonomicheskaya-integraciya-osnovnye-riski/

16:22 / 2019-04-25
Success helper
Success warning