Shanxay hamkorlik tashkiloti “Xalqaro yarim marafoni” hamda “Navroʻz” IV xalqaro marafoni

Shanxay hamkorlik tashkiloti “Xalqaro yarim marafoni” hamda “Navroʻz” IV xalqaro marafoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va «Workout» sport turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qarori ijrosi yuzasidan 27-mart kuni poytaxtimizda Shanxay hamkorlik tashkiloti “Xalqaro yarim marafoni” hamda “Navro‘z” IV xalqaro marafonida “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari jamoaviy «EKIDEN-42,195km.» masofa va yakka tartibdagi 42,195 km.li masofalarda faol ishtirok etdilar.





Ushbu Xalqaro Toshkent marafonida “SHHT oilasi” davlatlari hamda Respublikamizning barcha viloyatlardan 2000 dan ortiq professional va havaskor marafonchilar ishtiroki taʼminlandi.

Murosasiz kechgan Xalqaro marafon musobaqada Toshkent moliya instituti “Moliyachi” jamoasi o‘qituvchisi Muxametov Axmad, talaba-yoshlardan Egamberdiyev Jaloliddin, Murodov Akbar , Safarov Shaxzod, Kushmurodov Asadbek, Kuldashev Farid, Fayzullayev Ilxom, Maxmadaliyev Jasurbek «EKIDEN-42,195km» masofada 50 ta jamoadan VIII-o‘rinni, yakka tartibdagi 42,195 km.da Hakimov Namozali X-o‘rinni va 10 km.da Berdibekov Bekmurod XI-o‘rinni egallab medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

22:50 / 2022-03-31
Success helper
Success warning