Institut vakillari “Malayziya va O‘zbekiston: oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi xalqaro tadbirda ishtirok etishdi

Institut vakillari “Malayziya va O‘zbekiston: oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi xalqaro tadbirda ishtirok etishdi

Jori yil 14-sentabr kuni Malayziya va O‘zbekiston OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida bir qator nufuzli Malayziya OTMlari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur uchrashuvda institutning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.Islamkulov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi jamoasi ishtirok etishdi.

 

Dastlab, Malayziya OTMlarining taqdimotlari ishtirokchilariga havola qilindi, so‘ngra ikki mamlakat OTMlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini muhokama qilish uchun “B2B” ko‘rinishida uchrashuvlari  o‘tkaziladi.

 

 

Institut vakillari mazkur uchrashuv davomida Malayziyaning Utara universiteti rasmiy vakillar bilan ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Toshkent moliya institutida Islom moliyasi qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish hamda ikki oliy ta’im muassasalari talaba va professor-o’qituvchilari uchun akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish va buning imkoniyatlari muhokama qilindi. Hozirda, Malayziyaning Utara unversiteti nufuzli xalqaro reytingda (Times higher education)  401-500 pog‘onalarni egallab turibdi.

 

Institut vakillarini keyingi uchrashuvi Osiyo Tinch okeani texnologiyalar va innovatsiyalar universiteti hamda Kuala Lumpur unversiteti vakillari bilan bo‘lib o‘tdi.  

 

Mazkur unversitetlar vakillari Toshken moliya instituti talabalar uchun “Summer school”, “Winter school” va turli xildagi qisa muddatli almashinuv dasturlarida ishtirok etishi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berdi va kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha tayyorliklarini ma’lum qildi.

 

Malayziyaning Osiyo Tinch okeani texnologiyalar va innovatsiyalar universiteti nufuzli xalqaro reytingda (QS) 621-630-pog‘onada turibdi.  

 

 

Shuningdek, institutning amaldagi xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasi, UCSI universiteti vakillari bilan amaldagi anglashinuv memorandumiga muvofiq ikki oliy ta’lim muassasalar o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish kelishib olindi. Ma’lumot uchun, Malayziyaning UCSI universiteti nufuzli xalqaro reytingda (QS) 300-pog‘onada turibdi.

 

 

Uchrashuvlar so‘ngida, Malayziyaning Islom fanlari universiteti vakillari institut vakillari bilan bakalavr qo‘shma ta’lim yo‘nalishi bo’yicha imkoniyatlar muhokoma qilindi va kelgusida bu masala bo‘yicha zoom orqali uchrashuv o‘tkazilishi belgilandi. Ma’lumot uchun, Malayziyaning Islom fanlari universiteti nufuzli xalqaro reytingda (QS) 1201-1400 pog‘onalarni egallab turibdi.

12:10 / 2023-09-15
Success helper
Success warning