Bank ishi fakultetida “Ota-onalar kuni”

Bank ishi fakultetida “Ota-onalar kuni”

    Bank ishi fakultetida “Ota-onalar kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.Qo‘ziyev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor F.Muhammedov, Ustoz va murabbiylar kengashi raisi U.Radjabov, fakultet dekani R.Saidov, dekan muovinlari, fakultet professor-o‘qituvchilari va guruh murabbiylari ishtirok etib, ota-onalarga ta’lim-tarbiya jarayoni, talabalarga institutda yaratilgan shart-sharoitlar, institutni ichki tartib qoidalari shu bilan bir qatorda fakultet talabalarining erishayotgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirdilar. Tadbir davomida ota-onalarga talabalarning davomati, darsga kech qolmaslik, kiyinish madaniyatiga rioya qilish, o‘quv jarayoni haqida tushunchalar berildi. Tadbir so‘ngida fakultetdagi faol va ko‘plab ijobiy natijalarga erishgan talabalarga faxriy yorliqlar, ularning ota-onalariga esa tashakkurnomalar topshirildi.

 

17:22 / 2019-10-21
Success helper
Success warning