Finlandiya banki tadqiqot bo'limi 2024 – yil tashrif buyuruvchi olimlar dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi
Finlyandiya Bankining Tadqiqotlar boʻlimi bankning turli sohalari, xususan, makroiqtisodiyot, pul-kredit siyosati va moliyaviy barqarorlik boʻyicha tashrif buyuruvchi olimlar dasturiga arizalarni qabul qiladi.
Dastur 2024-yil fevraldan dekabrgacha (yozgi ta’til sababli iyul oyidan tashqari) istalgan vaqtda bir haftadan ikki haftagacha davom etadi.
Dasturda akademia, markaziy banklar va boshqa siyosat institutlaridan olimlar taklif qilinadi. Nomzodlar ariza topshirish vaqtida iqtisod yoki moliya fanlari bo'yicha doktorlik darajasiga ega bo'lishi va faol tadqiqotchi bo'lishi kerak. Bank tadqiqotchilari bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish potentsialiga ega bo'lgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
Dastur davomida ishtirokchilar turli tadqiqot seminarlari va tadqiqot bilan bog’liq boshqa tadbirlarda qatnashish, shuningdek o’zlarining mustaqil ishlarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Helsinki shahriga bir martalik chipta, turar joy va ovqatlanish xarajatlari to’liq qoplanadi.
Arizalar quyidagi link orqali qabul qilinadi: https://suomenpankki.rekrytointi.com/paikat/?o=A_A&jid=1327