“Baxtiyor oila – jamiyat tayanchi”

“Baxtiyor oila – jamiyat tayanchi”

20-noyabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi Islomxon qori Ubaydullayev 3-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar. Ustoz “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan rejalashtirilgan yillik “Kafedra haftaligi” tadbirlari doirasida “Baxtiyor oila – jamiyat tayanchi” mavzusida talaba qizlarga ma’ruza qildilar.


Islomxon qori Ubaydullayev ma’ruzalari davomida baxtli, saodatli oila qurish, er-xotinning huquqlari, burch va majburiyatlari, ota-onaga, qaynota-qaynonaga munosabat, farzand tarbiyasi, silai rahm va shu kabi ko‘plab dolzarb masalalarga to’xtalib o’tdilar, bugungi kunda jamiyatimizda yuz berayotgan qator muammolar yechimini oyatlar, hadislar hamda soleh kishilarning hayoti misolida tushuntirdilar.

 

Tadbir so’ngida «O‘zaro hadya ulashinglar, bir-birlaringizga muhabbatli bo‘lasizlar» hadisiga amal qilgan holda eng yaxshi gultoj sovg’a“Baxtiyor oila” kitoblaridan talaba qizlarga tortiq etildi.

 






19:13 / 2021-11-20
Success helper
Success warning