To’yga to’yona yoxud bizga chempionlik yarashadi!

To’yga to’yona yoxud bizga chempionlik yarashadi!

 Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan qutlug’ ayyomning 27 yilligiga bag’ishlab Mirobod tumanida joylashgan Bolalar va o’smirlar sport maktabida Armwrestling sport turi bo’yicha yoshlar o’rtasida Toshkent shahar ochiq chempionati bo’lib o’tdi.

 

 Toshkent shahrining turli hududlaridan tashrif buyurgan 200 dan ortiq professional va havaskor sportchilar o’rtasida Toshkent moliya intituti talabalari ham ishtirok etdilar.

 

 Institutimiz sharafini 4 nafar terma jamoa a’zolari munosib himoya qildilar. Jumladan, Bank ishi fakultetining I bosqich BI-50 guruh talabasi Yaxshiboyev Baxrom Jumaniyoz o’g’li 55 kg vazn toifasida faxrli birinchi o’rinni egallab mutloq chempion nomiga sazovor bo’ldi.

 

 Yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilgan jamiyatdagina mana shunday ma’nan hamda jismonan sog’lom avlod vakillari soni ortib boraveradi.

 

 

16:00 / 2019-12-09
Success helper
Success warning