“Buxgalterlar ligasi” nomli bilimlar bellashuvi o’tkazildi

“Buxgalterlar ligasi” nomli bilimlar bellashuvi o’tkazildi

 

Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti 1-kurs va 2-kurs talabalari o’rtasida “Buxgalterlar ligasi” nomli bilimlar bellashuvi o’tkazildi.

 

Unda 1- va 2-kurs talabalari guruhlarga bo’lingan holda o’zlarining buxgalteriya hisobiga oid bilimlari bo’yicha musobaqalashishdi. Tadbir “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri dots. I.Ochilov, PhD Z.Qahharov, o’qituvchi D.Mirsadiqova hamda fakultet talabalar kengash prezidenti Iriskulov Temur tomonidan tashkil etildi. Tadbirda “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining professor-o’qituvchilari va tyutorlar qatnashdilar.

 

Aytish mumkinki, “Buxgalterlar ligasi” bilimlar bellashuvi talaba yoshlar o’rtasida katta qiziqishga sabab bo’ldi. Tadbir tashkilotchilari kelasi o’quv yilidan boshlab muntazam asosda ushbu bilimlar musobaqasini tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu musobaqaga “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti talabalaridan tashqari institutning boshqa ixtiyoriy ravishda qatnashishlari mumkin.

 

Tadbir yakunida musobaqa g’oliblariga esdalik sovrin va faxriy yorliklar topshirildi.

 

14:16 / 2023-06-06
Success helper
Success warning