Toshkent moliya instituti professor-oʻqituvchilari  Chexiyada malaka oshirishda

Toshkent moliya instituti professor-oʻqituvchilari  Chexiyada malaka oshirishda

Shiddat bilan yangidan-yangi metodik usullar, texnologiyalar va trendlar asnosida rivojlanib borayotgan bugungi taʻlim tizimida xalqaro tajriba va tendensiyalarni oʻrganish, tadqiq va tahlil etish muhim masala hisoblanadi. 

 

 

Toshkent moliya instituti professor oʻqituvchilaridan tashkil topgan ilmiy jamoa ayni kunlarda Chexiya Respublikasi Praga shahrida joylashgan Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida oʻz malakalarini oshirmoqdalar. Tashrifning ilk kunlarida Toshkent moliya instituti jamoasi Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti rahbari professor Xolnazar Amonovga Toshkent moliya instituti rektori nomidan esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdilar.

 

 

 

Malaka oshirish kursi davomida institut ilmiy jamoasiga Yevropa amaliy fanlar va menejment institutining ilmiy salohiyati yuqori boʻlgan professorlari tomonidan  impakt-faktori yuqori boʻlgan ilmiy  jurnallarda maqolalarni chop ettirish tartibi, Web of Science, Scopus platformalaridagi ilmiy jurnallar va ilmiy oʻlchov indikatorlari (scientometric indicators)ni tahlil qilish usullari, Web of Science va Scopus platformalarida jurnallarning impakt-faktorini hisoblash yoʻnalishlari yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy maʻlumotlar taqdim etildi.

 

 

 

 

00:56 / 2022-08-03
Success helper
Success warning