“O‘RTA MUDDATLI DAVR UCHUN BYUDJET-SOLIQ SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI, BYUDJET MA’LUMOTLARINING OCHIQLIGINI TA’MINLASH” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI

“O‘RTA MUDDATLI DAVR UCHUN BYUDJET-SOLIQ SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI, BYUDJET MA’LUMOTLARINING OCHIQLIGINI TA’MINLASH” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI

“2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan Toshkent moliya institutida “Davlatiy moliya” kafedrasining tashabbusi bilan 2019-yil 21-dekabr kuni “O‘rta muddatli davr uchun byudjet-soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, byudjet ma’lumotlarining ochiqligini ta’minlash” mavzusida professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Davra suhbatini moderator sifatida “Davlatiy moliya” kafedrasi mudiri, i.f.d. professor T.S.Malikov olib bordi. Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar yangilanayotgan O‘zbekistonning o‘rta muddatli davr uchun davlat fiskal strategiyasi va davlat byudjeti haqida, 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan soliq siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari haqida, byudjet jarayonidagi o‘zgarishlar, uni samarali tashkil qilish mexanizmlari va kutilayotgan natijalar xususida, 2020-yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi munosabati bilan byudjet qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida, “Fuqarolar uchun byudjet” axborot-tahliliy nashrining tayyorlanishi va uning ommaviy elektron axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazilishi, “Ochiq byudjet” portalining ishga tushirilganligi va unda byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi bilan bog‘liq ma’lumotlarning foydalanuvchilar uchun ochiq-oydin keltirilganligi haqida ma’lumot berdilar.

 

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar byudjet-soliq islohotlari davrida oliy ta’lim tizimida malakali kadrlar tayyorlashdagi ustuvorliklar va zamonaviy talablar to‘g‘risida fikr almashdilar. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan byudjet-soliq siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, bu borada Moliya vazirligining yetakchi mutaxassislari bilan yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 

18:33 / 2019-12-25
Success helper
Success warning