“Sugʻurta xizmatlarini sotish boʻyicha “E-agent” tizimi” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi

“Sugʻurta xizmatlarini sotish boʻyicha “E-agent” tizimi” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktyabrdagi PQ-5265-son “Sugʻurta bozorini raqamlashtirish va hayot sugʻurtasi sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 780-son “Elektron turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida mamlakatimizda sugʻurta faoliyatini raqamli formatga transformatsiya qilish ishlari tizimli amalga oshirilmoqda.

 

2022-yil 21-aprel kuni “Sugʻurta va pensiya ishi” kafedrasi hamda “Oʻzbekinvest” eksport-import sugʻurta kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan seminar-treningda, aynan, yuqorida qayd etilgan hujjatlarda belgilangan vazifalarning sugʻurta kompaniyalari tomonidan bajarilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

 

 

“Sugʻurta xizmatlarini sotish boʻyicha “E-agent” tizimi” mavzusida boʻlib oʻtgan seminar-treningda “Oʻzbekinvest” eksport-import sugʻurta kompaniyasi menejeri S.Maxmudov va kompaniyaning Toshkent shahar filiali Bosh menejeri D.Gayupov ushbu tizimning afzalliklari va ishlash mexanizmi haqida “Sugʻurta va pensiya ishi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda talaba yoshlarga batafsil maʼlumot berdilar.

 

Savol-javoblarga boy boʻlgan mazkur seminar-trening tadbir ishtirokchilarida  katta qiziqish uygʻotdi.

12:10 / 2022-04-22
Success helper
Success warning