Frilanserlik – bu kelajak kasbi

Frilanserlik – bu kelajak kasbi

Respublikada talaba-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish, talaba yoshlar bandligini taʼminlash, oʻqishdan tashqari vaqtlarini oʻz isteʼdod, qobiliyat, bilim va koʻnikmalaridan maqsadli foydalangan holda daromad topishga yoʻnaltirish muhim hisoblanadi.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 4-mart kuni oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, 2022-yil 20-sentyabr kuni Toshkent moliya institutida “Frilanserlik – bu kelajak kasbi” mavzusida oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi. Mazkur tadbir maqsadi institutda tahsil olayotgan talabalar bandligini oshirish, ularga qoʻshimcha daromad manbalarini topishga koʻmaklashishni nazarda tutdi.

Axborot texnologiyalarining taraqqiyoti va rivoji bugungi mehnat bozoriga ham shiddat bilan kirib kelmoqda. Iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida zamonaviy bilim va kreativlik, yangicha yondashuvlarni talab etilmoqda. Frilanserlik mehnat bozorining zamonaviy koʻrinishi boʻlib, yoshlar oʻz bilim va tajribalarini daromad olish manba aylantirishiga yaqindan koʻmak beruvchi faoliyat yoʻnalishidir.
 

Tadbirni institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A.Islamkulov ochib berdi. Shuningdek, tadbirda dunyo miqyosida Upwork va TopTal kabi frilans platformalarida faoliyat yurituvchi frilanserlar: “EPAM Systems” kompaniyasining mahsulot boʻyicha menejeri Nuriddin Iminoxunov, “TechSells” kompaniyasi asoschisi Zafarbek Ibrohimovlar ishtirok etdi.
 

 


Seminarda Mamlakatimizning yetakchi Frilanserlari tomonidan frilanserlik platformalarida roʻyxatdan oʻtish va birinchi buyurtmani olish boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar koʻrsatib oʻtildi. Qizgʻin savol-javblar tarzida oʻtkazildi.
 

 

 

 

 

 

 

 


Mazkur amaliy Forum yuqori saviyada tashkil etildi hamda talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
 

18:55 / 2022-09-20
Success helper
Success warning