Toshkent moliya instituti va “OSON” transmilliy kompaniyasi o'rtasida Fintech sohasida ta’lim, fan va kadrlar tayyorlash bo'yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 27-aprel kuni Toshkent moliya instituti va “OSON” transmilliy kompaniyasi o'rtasida Fintech sohasida ta’lim, fan va kadrlar tayyorlash bo'yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumda Toshkent moliya instituti rektori, professor Teshabayev To’lqin Zokirovich, o’quv ishlar bo’yicha prorektor Mexmonov Sultonali Umaraliyevich, OSON” kompaniyasi bosh direktori Farhod Mahmudov va “DIGITAL FINANCE " inkubatsiya va akseleratsiya markazi vakillari ishtirok etishdi.
Hamkorlikning asosiy maqsadi esa talabalar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, amaliyot va murabbiylik dasturlari, fintech sanoatini rivojlantirishdan iborat.
Shuningdek, dastur doirasida institut talabalari bilan “Fintech – kelajak sohasi ” ochiq muloqoti bo'lib o'tdi. “OSON” kompaniyasi bosh direktori Farhod Mahmudov maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi. Talabalar to‘lov tizimi asoschisiga uning talabalik yillari haqida, to‘lov tizimini yaratish jarayoni va IT StartUPlarining muvaffaqiyati tarixi haqida savollar berishdi.
“DIGITAL FINANCE " inkubatsiya va akseleratsiya markazi shu kabi bir nechta uchrashuvlar uyushtirishni rejalashtirmoqda. Kuzatib boring keyingi mehmonimiz “Cambridge International University Tashkent” asoschisi Umid Eshmuhamedov.