“Erishilgan natijalar, istiqbolli vazifalar va hamkorlik”
2021-yil 18-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshidagi "Hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga koʻmaklashish" markazi “Lotte Tashkent palace” mehmonxonasida “Erishilgan natijalar, istiqbolli vazifalar va hamkorlik” mavzusida hisobot-rejaviy konferensiya oʻtkazildi.
Tadbirda qator vazirlik vakillari, OʻzNNT milliy assotsiatsiyasi va oliy taʼlim muassasalari ishtirok etishdi. Toshkent moliya institutidan “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri X.Asatullayev va Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi N.Mavlanovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda markaz raisi D.Bekchanov va markaz ijrochi direktori Sh.Asadov markazda amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Tadbir davomida Toshkent moliya instituti va markaz hamkorligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand,Fargʻona va Toshkent viloyatlarida hududlarni rivojlantirish boʻyicha oʻndan ortiq loyihalarni birgalikda amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Tadbirda OʻzNNT milliy assotsiatsiyasi nodavlat notijorat tashkilotlariga 2022-yilda 8,9 mlrd.soʻm grant ajratish masalasi koʻrib chiqilayotganligini va oliy taʼlim muassasalari huzurida NNT ochish orqali bu grantlardan foydalanish mumkinligini taʼkidlab oʻtdilar. Tadbir yuqori saviyada savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.