Ilmiy soha vakillari uchun amaliy seminar-trening tashkil etildi

Ilmiy soha vakillari uchun amaliy seminar-trening tashkil etildi

2022-yil 7-dekabr kuni Toshkent moliya institutida “Scopus bazasidagi jurnallar va ularda maqolalar chop etish masalalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

 

Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A.X.Islamkulov, “Xalqaro moliya va hisob” jurnalining tahririyat aʼzolari, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi.

 

Prorektor A.X.Islamkulov mazkur seminar-trening institutda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan tadqiqotchilarning amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilayotganligini va bu kabi saʼy-harakatlar reja asosida doimiy oʻtkazilishini taʼkidlab oʻtdi.

 

 

Shundan soʻng, PhD, dotsent v.B. A.Jumayev tomonidan “Maqolalar yozishda APA stilining xususiyatlari va uni qoʻllash masalalari”, jurnal bosh muharriri PhD, dotsent v.B. Sh.Xalilov tomonidan esa “Soxta va klonlashtirilgan jurnallarni aniqlash” mavzularida master-klasslar oʻtib berildi.

 

 

Seminar ishtirokchilari Scopus bazasidagi jurnallarga oid qiziqtirgan savollariga toʻliq javoblar olishdi hamda mazkur seminar-trening ilmiy soha vakillari uchun foydali maʼlumotlarga va amaliy koʻrsatmalarga boy boʻlganligini taʼkidlashdi.

21:00 / 2022-12-07
Success helper
Success warning