Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lida
Toshkent moliya instituti rektorining 2023-yil 27-oktyabrdagi 72-sonli buyrug‘iga asosan professor-o‘qituvchilardan iborat Ishchi guruh institutning Andijon fakultetida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan “Ilmiy ishlar natijalarini tijoratlashtirish holati va ustuvor vazifalar” mavzusida Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i N.Mavlanov ishtirokida seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida Toshkent moliya institutida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish holati va bu boradagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazilib, mazkur yo‘nalishda Andijon fakulteti misolida ilmiy-innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, ilmiy grantlar va startap loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatlari batafsil muhokama etildi.
Qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lgan mazkur seminar yakunida Toshkent moliya institutining Andijon fakultetida faoliyat olib borayotgan “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” va “Mutaxassislik fanlari” kafedralarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar shakllantirildi.