Institut ilmiy salohiyat darajasini oshirish masalasi – davr talabi
Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati ularda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilarning ilmiy faoliyatda falsafa doktori (PhD) hamda fan doktori (DSc) dissertatsiyasini yoqlanish va ular bo’yicha oliy attestatsiya komissiyasi hujjatlarni olishiga qarab aniqlanadi. Bunda OТMda faoliyati ko’rsatayotgan jami o’qituvchilardan (asosiy shtat va ichki o’rindoshlar) necha foizida ilmiy unvoni va darajasi mavjud qarab baholanadi.
«Sirtqi» fakultet «Iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta» kafedrasi 2021-2022 o’quv yilida tashkil etilgan kafedra bo’lishiga qaramay, o’z professor-o’qituvchilarini ilmiy darajasini oshirish ishlarini olib bormoqda. O’quv yilini boshidan buyon kafedrani ikki o’qituvchisi: S.Sobirjonov va N.Хasanxonovalar o’z ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli yoqlab olishdi va kafedra ilmiy salohiyatini 48,3 foizdan 55,2 foizga (jami shtatga nisbatan) ko’payishiga hissa qo’shishdi.
24 sentyabr kuni S.Sobirjonov «Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish» mavzusida 08.00.13 – Menejment va 08.00.15 – «Тadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti» ixtisosligi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyani muvaffaqiyatli yoqladi.
8 oktyabr kuni N.Хasanxonova «O’zbekistonda bilimlar iqtisodiyotining kontseptual asoslarini rivojlantirish» mavzusida 08.00.01 – «Iqtisodiyot nazariyasi» ixtisosligi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyani muvaffaqiyatli yoqladi.
Kafedra «Iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta» bundan buyon ham o’z ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida faol bo’lishga tayyor.