O’zbekiston jahon hamjamiyatida

O’zbekiston jahon hamjamiyatida

Toshkent moliya instituti Sirtqi fakultetining “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi tomonidan 2022-yil 10-mart soat 8:30 da “O’zbekiston jahon hamjamiyatida” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatida Toshkent moliya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor i.f.d. A.Islamkulov, sirtqi fakultet dekani N.Kuziyeva, kafedra mudiri prof. Sh. G’aniyev hamda kafedra professor-o’qituvchilari, Tabiiy – ilmiy va gumanitar fanlar kafedrasi va SBXA-50,51, SBI-51 guruhlarining talabalari ishtirok etishdi. 





Ushbu suhbatning asosiy ma’ruzachisi va mehmoni  - O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi, ‘O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan jurnalist, faxriy unvoni‘, ‘Shuhrat‘ medali va ‘Veteran’ birlashmasi oldidagi xizmatlari uchun medali hamda ‘O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi’ ko’krak nishoni sohibi, Xalqaro Antik Dunyo ilmiy Akademiyasining akademigi  - Qobilbek To’xtabekovich Karimbekov bo’ldi.  

Qobilbek To’xtabekovich Karimbekov o’z so’zida O`zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi va mustaqillikdan keyingi davrdagi  siyosiy, iqtisodiy o’zgarishlari to’g’risida ma’ruza qildi. Bundan tashqari, bugungi kundagi qo’shni davlatlardagi siyosiy o’zgarishlar  haqida  ham aytib o’tdi.





Davra suhbati juda qiziqarli hamda munozarali, savol-javoblarga boy bo’ldi.

 

18:11 / 2022-03-10
Success helper
Success warning