Toshkent moliya institutida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi  

Toshkent moliya institutida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi  

 

Joriy yilning 12-aprel kuni Toshkent moliya institutida   “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiri o‘tkazildi.










Unda asosiy buyurtmachi tashkilotlar: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 120 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar (tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, xususiy sektor tashkilotlari, uyushmalar) ishtirok etishdi.





Tadbirning maqsadi - Toshkent moliya instituti talabalar va institutni tamomlayotgan yosh mutaxassislarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida maʼlumotlar berish va ularning bandligini taʼminlashga ko‘maklashishdan iborat.

Tadbirda ish beruvchi korxona va tashkilotlar masʼul xodimlari o‘z faoliyatini yorituvchi ko‘rgazmali jihozlar va bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan faol qatnashishdi.





Yarmarkada institut talabalari ish beruvchilar bilan bevosita muloqot o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.  Ushbu jarayonda talabalar va institut bitiruvchilari ishga joylashish borasida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Xususan, talaba-yoshlar ish beruvchi korxona yoki tashkilotdagi mavjud vakant o‘rinlar, u yerdagi mehnat va maishiy-madaniy shart-sharoitlar, ish haqi miqdorlari haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.





Yarmarka davomida bir nechta talaba-yoshlar korxona-tashkilot vakillari bilan bevosita suhbat qilib, shu joyning o‘zida ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarga ega bo‘lishdi.


Tadbir juda yuqori saviyali va natijali tadbir sifatida alohida eʼtirof etildi.

 

 

16:30 / 2022-04-12
Success helper
Success warning