“Kibermakondagi tahdidlar darajasi va ulardan yoshlarni asrashning dolzarb masalalari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 26-oktabr kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi haftaligi doirasida Toshkent moliya institutining 1-maʼruzalar zalida “Kibermakondagi tahdidlar darajasi va ulardan yoshlarni asrashning dolzarb masalalari” mavzucida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Kiberxavfsizlik markazi bilan o‘zaro hamkorlik doirasida tashkil etildi.
Bugungi globallashuv jarayonlari dunyo taraqqiyotning yangidan-yangi imkoniyatlarini taqdim etish bilan birga insoniyat uchun xavfli omillarini ham namoyish etmoqda. Bu holat nafaqat bir davlat, balki butun bir dunyo miqyosida xalqaro kibermakonda xavfsizlikni taʼminlashni muhim masala sifatida insoniy hayot kun tartibiga qo‘ydi. Shaxsiy maʼlumotlarning o‘g‘irlanishi va shaxsiy hayot daxlsizligiga tahdidlar, onlayn savdo orqali firibgarlik, plastik kartalardan mablag‘larni o‘zlashtirilishi, onlayn qimorbozlik, feyk eʼlonlar berilishi – bugun jamiyat aʼzolariga o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatib kelmoqda.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Kiberxavfsizlikni taʼminlash markazining masʼul xodimlari tomonidan virtual tarmoqlarda paydo bo‘layotgan tahdidlardan himoyalanish choralari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.