“Bank ishi” fakulteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba-qizlar uchun “Kiyinish madaniyatining xotin-qizlar ahloqiy tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

“Bank ishi” fakulteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba-qizlar uchun “Kiyinish madaniyatining xotin-qizlar ahloqiy tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

     Yaxshi kiyinish o‘ziga xos san’at. Kishi bu san’atni egallashi uchun kiyinish talablariga rioya qilibgina qolmay, balki o‘z estetik didini ham uzluksiz tarbiyalashi kerak. Didni tarbiyalash uchun qonunlar me’yori va o‘zaro mos tushunchalarga asoslangan san’atning barchasi bilan tanishib borish lozim.

      Kiyimlarda inson ta’lim tarbiyasi aks etgan. Insonning did farosati kiyim-boshda, xayotiy xarakatlarda, o‘zini tuta bilishida ko‘zga tashlanadi. Didli-farosatli kishi hamisha shu qiyofani saqlab qoladi. Tashqi qiyofaga e’tibor berish, ichki ma’naviy go‘zallikning ifodasi hisoblanadi.

     “Bank ishi” fakultetining Xotin-qizlar kengashi raisi Z.Xudayberganova tomonidan fakultetning barcha talaba-qizlari qamrovida “Kiyinish madaniyatining xotin-qizlar ahloqiy tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur davra suhbatini kirish so‘zi bilan ochib bergan institut Xotin-qizlar kengashi raisi B.Nurmuhamedova o‘z so‘zida “Aslida, kim qanday kiyinishi har bir insonning shaxsiy ishidir. Lekin bir tuyg‘u borki, uni pisand qilmaslik ko‘ngilga xavotir soladi. Bu tuyg‘u - go‘zal xulq, o‘zbekona odobu va andishaga nisbatan ehtirom hamda hurmatdir. Chuqur va xolis nazar tashlaganda kiyinish odobi milliylikka xoslik, qadriyatlar va an’analardan kelib chiqadi. Zotan, azaldan xalqimizda “Hayo va iboning tashqi ko‘rinishi – kiyimdur”, mazmunidagi hikmat bejiz emas. Inson kiyim tanlash borasida milliy-diniy qadriyatlari chegarasida turgani yaxshi. Kiyinish madaniyati insonning didi qanday ekanini ko‘rsatadi”,-deya ta’kidlagan bo‘lsa, iqtisod fanlari doktori, professor, “Oliy ta’lim a’lochisi”, “Mehnat shuhrati” ko‘krak nishoni sohibasi Sh.Abdullayeva fakultet qizlari bilan bo‘lgan ochiq muloqotda kun tartibidagi mavzu yuzasidan shunday ta’kidladi:

     -Inson kiyib yurgan libosi bilan o‘zining kim ekani, tarbiyasi, o‘zining ta’bi, didi, tabiati-ziynati hamda boshqa ko‘z ilg‘amas jihatlariga ishora qilishni uqtiradi. Vaholanki, hozir kishilar tasavvur qilayotganlaridek, zinhor qimmatbaho, dabdabali, hashamatli, yaltir-yultir va hokazo kiyingani insonning aqlli, farosatli ekanini yohud haddan ziyod ro‘dapo liboslarga burkangani uning dindor ekanligini bildirmaydi. Insonga uning jozibali kiyimiga qarab baho beradiganlar ma’naviy qoloq, aqli shoshib qolgan kishilardir. Institut psixologi U.Abdulazizova kiyinish madaniyatining ijtimoiy jihatlariga psixologik nuqtai-nazardan yondashdi.

      Davra suhbati ishtirokchilaridan  bo‘lgan institut “Qizlarjon” klubi rahbari, “Iqtisodiyot” fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi D.Xudayberdiyeva esa mavzuning ilmiy-iqtisodiy jihatlariga e’tibor qaratdi.

      Suhbat so‘ngida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va taklif mulohazalari bilan ustoz-murabbiylarga, tadbir tashkilotchilariga murojaat qilib, tegishli javoblarni oldilar.

 

16:52 / 2019-10-21
Success helper
Success warning