“Xorijiy til taʼlimining muammolari va istiqbollari” mavzusida oliy taʼlim muassasalariaro ilmiy-metodik konferensiya oʻtkazildi
2022-yil 20-aprelda Toshkent moliya instituti anjumanlar zalida “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan “Xorijiy til taʼlimining muammolari va istiqbollari” mavzusida mavzusida oliy taʼlim muassasalariaro ilmiy-metodik anjuman oʻtkazildi.
Anjumanni kirish soʻzi bilan TMI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori A.X.Islamkulov ochib berdi.
Shuningdek, anjumanda oʻz maʻruzalari bilan “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri, PhD., dotsent F.Saidova “Formation of a communicative competence in training foreign language” mavzusida, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti dotsenti, DSc F.I.Ikramxanova “Xorijiy til taʻlimida xorijiy tajribalar” mavzusida, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, f.f.n. S.T.Akobirova "Kredit-modul tizimida xorijiy til taʻlimi: muammolar va yechimlar" mavzusida, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti dotsenti, PhD X.A.Sarimsoqov “Mamlakatimiz hududida moliyaga oid terminlarning shakllanish ketma-ketligi” mavzusida, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti, PhD M.A.Nazarova “Artificial intelligence as a tool for translator” mavzusida maʻruza qildilar.
Anjuman yalpi majlisida Toshkent shahar Oliy taʻlim muassasalari pedagog xodimlari va talaba yoshlari ishtirok etishdi. Anjuman ishi tushlikdan soʻng shoʻbalarda davom etdi. Ilmiy amaliy anjuman yuqori ilmiy darajada oʻtkazildi.