“Ikkinchi jahon urush xotiralarida” nomli ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovini e'lon qilinmoqda

“Ikkinchi jahon urush xotiralarida” nomli ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovini e'lon qilinmoqda

 

 

Tanlov Ikkinchi jahon urushi maydonlarida hamda mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha yurtdoshlarimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, o‘zbek xalqining buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, urush asoratlarini unutmaslikka chorlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
 

Tanlov ijodning quyidagi yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: rangtasvir, grafika hamda haykaltaroshlik.
 

Tanlovda Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishlari mumkin.
 

Ushbu tanlov 9-may - Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan “Galaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘tkaziladi.
 

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar o‘z ijod na’munalari bilan l-may sanasiga qadar “G'alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim:
 

- ma‘lumotnoma (rezume);
 

- passport (ID-karta) nusxasi;
 

- ma‘lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud bo‘lsa);
 

- o‘qish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va ma‘lumotnoma;
 

- 3x4 o‘lchamdagi l ta hamda 9x12 o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
 

- tanlovda ishtirok etayotgan tomonidan yaratilgan, badiiy jihatdan hamda badiiy bezak va mantiq jihatdan to‘liq yakunlangan ijod namunasi (asar).
 

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
 

Tanlovda ishtirok etishni hohlaganlar o‘z ijodiy ishlarini quyidagi manzilga “tanlovga” degan belgi va rasmiylashtirilgan ariza bilan olib borib topshirishlari yoki yo‘llashlari so‘raladi:
 

100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy.
 

Aloqa uchun telefonlar:    (99) 860-18-87, (97) 707-15-12,

(90) 909-94-70.

16:36 / 2023-03-27
Success helper
Success warning